Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nyu-Yorkda 15 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Nyu-Yorkda 15 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Samarqandlik oilaning farzandi Faridun Mavlonov o‘z uyi oldida otib o‘ldirilgan, deb xabar berdi The New York Times.

Qayd etilishicha, 17 yoshli o‘smir Franklin Delano Ruzvelt maktabi oldida turgan yoshlarga yetti marta o‘q uzgan. Ular orasida Faridun Mavlonov ham bo‘lgan. O‘qdan yaralangan yigit og‘ir ahvolda yaqin atrofdagi shifoxonaga olib borilgan, biroq u 18 iyul kuni vafot etgan.

Qotilning nishoni Faridun bo‘lmagan. Ikki guruh yigitlar otishmadan taxminan ikki soat oldin janjallashishgan. Guruh a’zolari orasida otishma sodir bo‘lgan. Natijada, o‘q Faridun Mavlonovga tekkan.

Faridun Mavlonov 12 yil avval oilasi bilan AQShga ko‘chib borgan. Uning otasi sartarosh bo‘lib ishlaydi, bo‘sh vaqtlarida marhum o‘g‘li unga yordam berardi. Faridun dzyudo bilan ham shug‘ullangan.

Faridun shifoxonada ikki marta jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan, ammo qonni to‘xtatish imkoni bo‘lmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring