Nurafshonda fuqaro ko‘p qavatli uyning oraliq qismiga tushib ketdi (foto)
Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida ko‘p qavatli uyning oraliq qismiga tushib ketgan fuqaro chiqarib olindi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 13 yanvar kuni Nurafshon shahar FVBning 1050 raqamiga «Obod turmush» mahallasida bir fuqaro bino chordoq qismiga ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida chiqib, ehtiyotsizlik natijasida yopiq holdagi oraliq qismiga tushib ketgani bo‘yicha xabar kelib tushgan.
Xabar bo‘yicha chaqirilgan manzilga Nurafshon shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limining qidiruv-qutqaruv guruhi jalb etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida uyning oraliq qismiga tushib ketgan fuqaro olib chiqilib, voqea joyida birinchi tibbiy yordam berilgan va jabrlanuvchiga malakaviy yordam ko‘rsatilishi uchun shifokorlarga topshirilgan.
Hozirda uning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter