Poytaxtda noma’lum shaxs yosh o‘quvchini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgani aytildi
Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi yosh bolani qo‘lidan ushlab tortganligi va bola undan qochib ketganligi aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB bayonot berdi.
Joriy yilning 19-fevral kuni Yashnobod tumani Aviasozlar-2 dahasidagi 151-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida noma’lum shaxs shu maktab o‘quvchisi 2011-yilda tug‘ilgan M.O.ni to‘xtatib, qo‘lidan ushlab: «Shu maktabda tahsil olasanmi?» — deb so‘ragan. Voyaga yetmagan M.O. ushbu shaxsni tanimaganligi sababli u bilan gaplashmasligini bildirib, qo‘yib yuborishini aytgan, so‘ng uyiga ketgan.
Bola hozirda ota-onasining yonida sog‘-salomat holatda ekani aytilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. O‘rganishlar jarayonida videoda aks etgan shaxs 1994-yilda tug‘ilgan M.U. ekanligi aniqlangan.
Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter