Bosh prokuratura Nishondagi ayanchli voqea yuzasidan bayonot berdi

«Nishonda IIB xodimlari olib ketgan fuqaro o‘lik holda qaytarildi» mazmunidagi xabar e’lon qilingandi.
Ushbu hodisa yuzasidan yuqori mahkamalar, jumladan Bosh prokuratura ham munosabat bilan chiqdi.
«Aniqlanishicha, 25-iyul kuni Nishon tumani IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan chaqiruvga asosan yashash uyidan mast holda olib ketilgan va viloyat narkologiya dispanseriga yotqizilgan Nursoat Muxammadiyev 26-iyul vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Marhumning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Bundan tashqari, N.Muxammadiyevni viloyat dispanserida vafot etganligi hodisasi bo‘yicha viloyat Sog‘liqni saqlash va Ichki ishlar boshqarmalariga xizmat tekshiruvi tayinlangan».—deyiladi prokuratura bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda, so‘ngra Qoraqalpog‘istonda ham shunga o‘xshash voqealar kuzatilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter