Niagara sharsharasi muzlamoqda. Keyingi hafta bundan-da sovuq bo‘ladi! (foto)
Niagara sharsharasi qisman muzladi: chunki AQSh shimoli-sharqida qahraton kuchaymoqda.
Sharshara joylashgan hudududda havo harorati Selsiy bo‘yicha -25 darajadan pastni ko‘rsatmoqda.
Sovuqni Kanada shimolidan Arktika havosi olib keldi.
Sinoptiklar qariyb 100 million kishi yashovchi AQSh shimoli-sharqida keyingi hafta boshida harorat bundan ham pasayishidan ogohlantirishmoqda.
Niagara oxirgi marta ikki yil avval muzlagandi.
Niagaraning muzlashi suv zarralarining havodayoq muzga aylanib daraxt va toshlarga «o‘tirib qolishi» bilan izohlanyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter