Neft tashuvchi avtomashina haydovchisi salonda qisilib qoldi

Kecha, 15 yanvar kuni soat 11:50 larda Buxoro viloyati FVB Muborak yong‘in-qutqaruv qismidan 16 km uzoqlikda Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumani «Zevarda-O‘rtabuloq» yo‘lida «HOWO» yuk avtomobili va neft tashuvchi avtomobil ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida neft tashuvchi avtomashina haydovchisi yuk mashina saloni ichida qisilib qolgan.
Voqea joyiga zudlik bilan FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida haydovchini mashina salonidan chiqarib olishgan va darhol birinchchi tibbiy hamda psixologik yordam ko‘rsatib, shifoxonaga yuborilgan.
Tezkorlik bilan amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida inson hayoti saqlab qolindi, deyiladi FVV xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter