Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tiktoker mushukni ikkita pitbull itiga talatdi

Tiktoker mushukni ikkita pitbull itiga talatdi

«Mehr va Oqibat» jamiyatiga Navoiy viloyatida mushuklarga nisbatan zo‘ravonlik qilingani haqida xabar kelib tushdi.

Qayd etilishicha, TikTok foydalanuvchisi mashhurlikka erishish maqsadida ikkita video joylashtirgan. Kadrlarda pitbull itlari mushukni g‘ajib tashlayotgani aks etgan. Itlar mushukni bo‘ynidan tishlab, silkitib, bo‘laklab tashlagan.

«Mehr va Oqibat» jamiyati holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligidan ushbu fuqaroga chora ko‘rishni so‘ragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring