Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda ko‘cha bezorilari ushlandi

Navoiyda ko‘cha bezorilari ushlandi

Karmana tumani «Kalovat» mahallasida yashovchi 30 yoshli S. tasodifan o‘zining yumushlari bilan yurgan B.ni to‘xtatib, «Nega bizga salom bermaysan», deya so‘roqqa tutgan.

Ushbu holat janjalga aylanib, S. sherigi bilan B.ni do‘pposlagan. Olingan tan jarohati tibbiy ma’lumotnomada bosh miya chayqalishi, bosh miya yopiq jarohati, o‘ng yonoq va gaymar suyagi sinishi, o‘ng ko‘z qovoqlari lat yeyishi va qontalashi tashxisi bilan qayd etilgan.

Bezorilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «a,b» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring