IIB: qarindoshining uyini ship-shiydon qilib qochgan ayol ushlandi
Navoiy viloyat IIB axborot xizmati rahbari O‘ktam Usmonovning «Xabar.uz» ga ma’lum qilishicha, 32 yoshli samarqandlik ayol B.S. Zarafshon shahrida yashovchi qarindoshi A.B.ning uyiga o‘g‘rilikka tushgan.
Bir necha kun mehmon bo‘lib kelgan B.S. xonadon egalari uyda bo‘lmagan vaqtdan foydalanib, ularga tegishli bo‘lgan 100 AQSh dollari hamda 850 ming so‘m pullarni va qimmatbaho idish-tovoqlarni olib, uydan qochib ketgan.
O‘z xonadonida o‘g‘rilik sodir bo‘lganini ko‘rgan A.B. ichki ishlar idoralariga ariza bilan murojaat qilgan. Ichki ishlar tezkor guruhi tomonidan olib borilgan harakatlar natijasida o‘g‘rilik A.B.ning qarindoshi tomonidan sodir etilgani oshkor bo‘lgan.
Ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter