Namangandagi suv ombori to‘g‘oni ostidan suv sizib chiqayotgan bo‘lishi mumkin (foto)
«Yertikan» suv ombor tashqi to‘g‘oni ostidan suv sizib chiqayotgani aytilmoqda.
Manbaga ko‘ra, Kosonsoy tumani va Namangan shahridan oqib o‘tuvchi «G‘irvonsoy» o‘zani yuqori qismida barpo etilgan «Yertikan» suv ombori to‘g‘oni ostidan suv jildirab oqib chiqayotgani qayd etilgan.
«Mutasaddilardan joyiga chiqib, hodisa to‘liq o‘rganilishi, tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishini va bu to‘g‘rida rasmiy munosabatni kutib qolamiz», deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun: ushbu suv ombori dengiz sathidan 824 metr balandlikda joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 1-may kuni Sirdaryo viloyatida joylashgan «Sardoba» suv ombori dambasida o‘pirilish sodir bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter