Namangandagi kabobdan ommaviy zaharlanishning sababi aytildi
Namangan viloyatining Chust tumanida 21-oktabr kuni kabobdan ommaviy zaharlanish holati qayd etilgan edi. Oqibatda ko‘plab insonlar shifoxonaga yotqizilgan.
Bugun, 26-oktabr kuni viloyatda shu bo‘yicha alohida yig‘ilish o‘tkazilgan. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar berdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, kabobdan zaharlanish bo‘yicha tibbiy ekspertiza xulosasi o‘qib berilgan. Aniqlanishicha, kabob go‘shti ochiq joyda qolgan va unga kemiruvchilar (kalamush va sichqonlar) chang solgan.
Shu paytgacha Namanganda go‘sht masalasida turli gap-so‘zlar yurgandi. Kabob voqeasidan keyin ushbu mahsulotni sotish va sotib olish ham vaqtincha to‘xtatilgandi. Bugundan go‘sht savdosiga yana ruxsat berildi.
Kabobdan ommaviy zaharlanish oqibatida 5 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Qolganlarning ahvoli yaxshilanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter