Namangandagi bog‘da attraksion bolani qisib qoldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahridagi madaniyat va istirohat bog‘ida «Velotrek» attraksionida bolani qisib qolgani haqida video tarqaldi. Holat bo‘yicha Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, shu yilning 30-may kuni Namangan shahridagi Bobur bog‘i hududida faoliyat olib borgan yakka tartibdagi tadbirkorni «Attraksionlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish qoidalari»ga rioya qilgan holda foydalanish, uni ekspluatatsiya qiluvchi operator xodimlarni o‘qitish zarurligi to‘g‘risida yozma ko‘rsatma berilgan. Shuningdek tadbirkordan attraksionni o‘zboshimchalik bilan ishlatmaslik to‘g‘risida tilxat ham olingan.
Shunga qaramasdan, tadbirkor o‘ziga tegishli «Velotrek» ko‘chma attraksionini tegishli hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan ishlatgan.
3 iyun kuni fuqaro M. M. «Velotrek»da o‘tirgan do‘stini o‘zi uchirmoqchi bo‘lib attraksionda qoqilgan. Fuqaroga jiddiy shikast yetmagan, unga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter