Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda fuqaro qoramolni ov qurolida otib tashladi (video)

Namanganda fuqaro qoramolni ov qurolida otib tashladi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda fuqaro qoramolni ov miltig‘i bilan otib tashlagani aks etgan videotasvir tarqalgan edi.

Berilgan rasmiy ma’lumotga ko‘ra voqea Namangan viloyatining Uychi tumanida sodir bo‘lgan.

Viloyat IIBning ma’lum qilishicha, ov qurolidan foydalangan shaxs tumanning obodonlashtirish boshqarmasi xodimi bo‘lib, uning ov miltig‘idan foydalanish ruxsatnomasi bo‘lgan. Shu bois qassoblar undan dalada bir bosh qoramolni otib berishni iltimos qilishgan.

«Ikki haftalar oldin qassoblar mol qochib ketdi, o‘sha molni otib bering, deb chaqirdi. Odamlarni suzibdi, deganidan keyin borib otib berdim. Bu holat internetda tarqalib, ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘libdi. Hammadan kechirim so‘rayman», – deydi aybdor fuqaro.

Shuningdek, holatni videotasvirga olib, tarqatgan shaxs ham ko‘rsatma bergan.

«Qarasam, odamlar to‘planib ketibdi. Molni otishayotgan ekan. Telefonimda videoga olib, oshnamga tashladim. Internetda tarqalib ketibdi. Bu holat endi qaytarilmaydi», – deydi vaziyatni videoga olgan fuqaro.

Holat yuzasidan MJtKning 111 (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) va 183-moddalari (mayda bezorilik) moddalariga asosan bayonnoma rasmiylashtirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring