Namanganda piyodaning o‘limiga sabab bo‘lib qochgan haydovchi qo‘lga olindi

18 aprel kuni Namangan viloyati, Pop tumani hududida, noma’lum avtomashina haydovchisi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay bir piyodani urib yuborgan. Natijada piyoda tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
Viloyat IIB JQB, YHXB va tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Andijon viloyatida yashovchi, 1986 y.t. fuqaro amalga oshirgani aniqlandi. U MAN rusumli yuk avtomashinasini boshqarib borayotib, piyodani urib yuborib, uni hayotini xavf ostida qoldirib, hodisa joyidan ketib yuborganligi aniqlangan. Avtomashina jarima maydoniga tortilib, tegishli ko‘rgazmalar olingan.
Holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi va 117-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter