Namanganda kollej o‘quvchilari janjali fojea bilan yakunlandi
Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi mushtlashuvda kollej talabasi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 1-iyun kuni To‘raqo‘rg‘on xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining 2 bosqich o‘quvchisi O.T. ushbu kasb-hunar kollejining 3 bosqichida tahsil olayotgan A.A. bilan Bozorboshi mahallasida o‘zaro janjallashib, unga qo‘llari bilan jarohat yetkazgan.
Natijada A.A. behush holda kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. Tan jarohati yetkazgan O.T. qo‘lga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter