Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda ikki qarindoshning o‘zaro janjali fojiali yakun topdi

Namanganda ikki qarindoshning o‘zaro janjali fojiali yakun topdi

Joriy yilning 14 fevral kuni Namangan viloyati Chortoq tumanida yashovchi 25 yoshli fuqaro tamaddixonada qarindoshi bilan o‘zaro tortishib qolib, jahl ustida uni urib o‘ldirib qo‘ygan. Bu haqda Namangan IIB Axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Joriy yilning 14 fevral kuni soat 21:00 larda Chortoq tumanida yashovchi 25 yoshli fuqaro shu yerdagi tamaddixonalardan birida 36 yoshli qarindoshi bilan o‘zaro tortishib qoladi. Jahl ustida bo‘lgan yosh yigit qarindosh akasining jag‘iga 1 marotaba musht tushirgan. Jabrlanuvchi tuman markaziy shifoxonasiga olib kelingan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay u shifoxonada vafot etgan.

Sud tibbiy ekspertizasi ma’lumotiga ko‘ra, marhum o‘tkir yurak qon tomiri va nafas yetishmovchiligi, miya va o‘pka shishishi tashxisi qo‘yilgan.

Jahlini jilovlay olmagan «mehrsiz qarindoshning» bu qilmishi 3 ta farzandni otasidan ayirdi.

Mazkur holat yuzasidan Chortoq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan va qamoqqa olingan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring