Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda fuqaro profilaktika inspektorini haqoratlab, pogonlarini yulib oldi

Namanganda fuqaro profilaktika inspektorini haqoratlab, pogonlarini yulib oldi

Foto:«Xabar.uz»

14-aprel kuni Namangan shahrida «Malibu» rusumli avtomashinasidagi fuqaro «Oromgoh» blok postiga kelganda, bu yerda xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlari unga karantin qoidalarini buzganligini aytishib, holatni rasmiylashtirishga kirishadilar. Haydovchi qonuniy talablarga bo‘ysunish o‘rniga ularni haqoratlab, janjal qila boshlaydi va faol qarshilik ko‘rsatadi. Avtomobil jarima maydoniga olib ketiladi.

Endi voqeaga haydovchining turmush o‘rtog‘i aralashadi. U o‘zini mashina tagiga tashlayman, deb qo‘rqitadi. Shu bilan birga hududiy profilaktika inspektorini haqoratlab, uning pogonlarini yulib oladi.

Ushbu holat yuzasidan haydovchi va uning turmush o‘rtog‘iga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Hozirda Namangan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt oldin shunga o‘xshash hodisa Toshkentda ham kuzatilgandi.

 

Aziza Joniyeva,

(Manba: Postda)

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring