Namanganda yer qimirladi
O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 28.12.2023 08:11 da (28.12.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 03:11 da) zilzila sodir bo‘ldi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, epitsentr: Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumani.
Zilzila koordinatalari: 41,19 gradus shimoliy kenglik; 71,74 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,2. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 211 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Yangiqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 9 km.
- Chortoq tumanida 2 ball, 11 km.
- Kosonsoy tumanida 2 ball, 16 km.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter