Namanganda ayol o‘zini Shimoliy Farg‘ona kanaliga tashlab yubordi
11-iyul kuni soat 16:30lar chamasida Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Navbatchilik qismidan olingan ma’lumotga ko‘ra, Davlatobod tumani xududidan oqib o‘tgan Shimoliy Farg‘ona kanali qirg‘og‘ida shaxsi noma’lum ayol kishi o‘zini suvga tashlamoqchi bo‘lib turganligi haqida fuqarolar tomonidan «102» qisqa raqamiga murojaat kelib tushgan.
Kelib tushgan murojaatga asosan zudlik bilan voqea joyiga Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borgan vaqtda ayol o‘zini kanalga tashlagan, deyiladi Namangan viloyati FVB mat’lumotida.
Oxir-oqibat qutqaruvchilar tomonidan ayol sog‘-salomat kanaldan qutqarib olib chiqilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirildi.
Avval Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida halokatli YTHda ikki qiz halok bo‘lgani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter