Namanganda arxeologiya yodgorligi buzilib, fuqaroga uy qurish uchun berib yuborildi
Bosh prokuratura, DXX va Madaniy meros agentligi ishtirokida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumani mas’ul mansabdor shaxslari tomonidan madaniy meros ob’yekti uy-joy qurish uchun noqonuniy berib yuborilgani aniqlandi.
Oqibatda ob’yektga jiddiy zarar yetkazilgan.
Jumladan, madaniy meros yodgorligi hisoblangan Yangiqo‘rg‘on tumani «Gaiston» mahallasida joylashgan «Gaistontepa» arxeologiya yodgorligiga oid hujjatlar tuman kadastr va qurilish bo‘limi boshliqlari tomonidan qonunchilik talablariga zid ravishda yer uchastkalarini berish masalasini ko‘rib chiquvchi komissiyaga taqdim etilgan va ushbu hudud noqonuniy ravishda fuqarolarga dala hovli qurish uchun ajratilgan.
Oqibatda, «Gaistontepa» arxeologiya yodgorligi 2020-2021-yillar davomida fuqaro Z.M. tomonidan buzib tashlanib, o‘rniga uy-joy qurilgan. Natijada tarixiy ob’yektga 80 mlrd. so‘m jiddiy zarar yetkazilgan.
Tekshirish natijasiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter