Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda 5 kishi, Toshkentda 3 kishi YTHda halok bo‘ldi

Namanganda 5 kishi, Toshkentda 3 kishi YTHda halok bo‘ldi

20-sentyabr kuni Namangan viloyati Chust tumanida ro‘y bergan YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. 19 sentyabr kuni esa Toshkentda YTH oqibatida 3 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Namangan-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan DAF yuk mashinasi haydovchisi rulda uxlab qolib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va Damas va Labo avtomashinalari bilan to‘qnashgan.

Damas haydovchisi va 4 nafar yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan.

19-sentyabr kuni soat 21:00 atrofida Toshkent shahar Yashnobod tumani Yangi O‘zbekiston ko‘chasida 3 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Spirtli ichimlik iste’mol qilgan Nexia-3 haydovchisi rul boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Nexia-1 va Spark avtomashinalari bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida 3 nafar shaxs voqea sodir bo‘lgan joyda vafot etgan. 5 nafar fuqaro esa turli darajadagi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring