Namanganda 3,5 ballik yer silkinishi sodir bo‘ldi
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, Namanganda 3,5 ballik zilzila kuzatildi.
Epitsentr: Namangan viloyati, Chortoq tumani. Zilzila koordinatalari: 41,11 gradus shimoliy kenglik; 71,81 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,5. Chuqurlik 15 km.
Zilzila epitsentri Toshkentdan 218 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Chortoq tumanida 2-3 ball, 2 km.
Uychi tumanida 2 ball, 13 km.
Namangan shahrida 2 ball, 17 km.
Yangiqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 20 km.
Kosonsoy tumanida 2 ball, 23 km.
Eslatib o‘tamiz, bir haftacha avval ham Namanganda 3,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter