Mo‘ynoqda inspektorlarga o‘q uzgan qidiruvdagi shaxslar ushlandi
Mo‘ynoq tumani hududida brakonerlar tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi inspektorlariga hujum qilingani haqida xabar berilgandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati Mo‘ynoq tumanida noqonuniy ov bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar to‘g‘risida xabar berib, ulardan 2 nafari qidirilayotganligini ma’lum qilgandi.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishicha, olib borilgan tezkor qidiruv natijasida qidiruvda bo‘lgan 2 nafar fuqarolar ham aniqlanib, tergovga jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter