Moskvadagi muhojirlar mushtlashuvi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Moskva shahrida mehnat migrantlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv aks etgan videolar tarqalmoqda, deyiladi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabarida.
Qayd etilishicha, vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskvadagi vakolatxonasi xodimlari mamlakatimizning ushbu davlatdagi elchixonasi vakillari bilan birgalikda voqea joyiga borib, Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan muloqotda bo‘lib, vaziyatni o‘rgandi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu ommaviy mushtlashuvda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etmagan.
Avvalroq Moskvaning janubi-sharqida mehnat muhojirlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ommaviy mushtlashuvda 20 ga yaqin kishi hibsga olingani haqida xabar bergan edik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter