Mol bozoridagi qiz IIB xodimlari e’tiborini tortdi
Ichki ishlar organlari xodimlari e’tiborini mol bozorida o‘zini shubhali tutayotgan qiz tortdi. Aniqrog‘i, u chorva molidan tezroq qutulishga urinayotgan edi. Qisqasi, qoramolni 4 million so‘mga sotayotgan ayol bilan suhbat o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, Jizzax viloyati Paxtakor tumani Paxtakor qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi, turmushga chiqmagan, 2000-yilda tug‘ilgan H.Q. hamqishlog‘i, 1991-yilda tug‘ilgan A.A.ning hovlisidan qoramolni olib chiqib ketgan.
E’tiborlisi, qiz o‘g‘irlikni tonggi soat 4 da sodir etgan va to‘g‘ri bozorga yo‘l olgan.
Ushbu holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter