Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy tabiat bog‘i rahbari noyob turdagi Buxoro xongulini otib o‘ldirganlikda ayblanmoqda

Milliy tabiat bog‘i rahbari noyob turdagi Buxoro xongulini otib o‘ldirganlikda ayblanmoqda

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi Zarafshon milliy tabiat bog‘ida «Qizil kitob»ga kiritilgan noyob turdagi Buxoro xonguli otib o‘ldirilgani haqida xabar tarqagan edi. Mazkur holatni o‘rganish maqsadida, viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan.

Ayni damda tuman prokuraturasi tomonidan mutasaddi tashkilot va organlar vakillaridan iborat tezkor guruh tuzib, holatni o‘rganishni boshladi. Prokuratura tomonidan 11 fevral kuni milliy tabiat bog‘iga tegishli bo‘lgan «Niva»rusumli mashinani ashyoviy dalil uchun olib keldi va tekshiruv o‘tkazish ishlari boshlandi.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda tergovgacha surishtiruv o‘rganish ishlari olib borilmoqda, deyiladi Ekologiya qo‘mitasi xabarida.

Foto: Kun.uz

Samarqand viloyati prokuraturasi esa Qizil kitobdagi Buxoro xongul bug‘isini o‘ldirilganlar aniqlandi, deya xabar berdi.

Fuqaro D.D. Jomboy tuman prokuraturasiga murojaat qilib, unda 2021-yil 8-fevral kuni Zarafshon milliy tabiat bog‘i hududida yurgan vaqtida mazkur bog‘ rahbari va 1-uchastka nozirlari bug‘ini otishganligini ko‘rganligini, 9-fevral kuni bug‘ini so‘ygan joyga borib uning bo‘lingan kallasi, terilarini yig‘ib uyiga olib kelib, bug‘ini so‘yilgan joyini video tasvirga olganligini bayon qilib, ushbu holat yuzasidan aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

«Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, voqea sodir bo‘lgan joyi hamda Zarafshon milliy tabiat bog‘i rahbariga tegishli avtomashina ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruv natijasida hayvonot dunyosiga 36 mln. 750 ming so‘m zarar yetkazilganligi inobatga olib, Jomboy tuman prokuraturasi tomonidan JK.ning 202-moddasi 3-qismi «j» bandi bilan (O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan bug‘ini nobud qilgan holda hayvonot dunyosidan foydalanish tartibini buzish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borishlik uchun Jomboy tuman IIB TBga yuborildi», deyiladi prokuratura xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring