Milliy gvardiya xodimining bozorchi ayollar bilan janjaliga izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqda Sariosiyo tumani dehqon (oziq-ovqat) bozorida fuqarolar va Milliy gvardiya xodimlari o‘rtasida janjal yuz bergani aks etgan video tarqaldi. Milliy gvardiya matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Sariosiyo tumanidagi dehqon (oziq-ovqat) bozori Milliy gvardiya Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari tomonidan shartnoma asosida qo‘riqlovga olingan. Joriy yilning 20 sentyabr kuni xodimlar tomonidan bozor hududida jamoat tartibini saqlash, noqonuniy joylarda sotayotgan sotuvchilarni rastalarga joylashtirish jarayonida bozorchi ayollar bilan nizo kelib chiqqanligi holati ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.
«Hozirda ushbu holat Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tomonidan nazoratga olinganligini, xodimlarning xatti-harakati yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanganligini ma’lum qilamiz», deyiladi munosabatda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter