Milandagi poyezd halokatida 3 kishi nobud bo‘ldi (video)

Italiyaning Milan shahridan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan Pioltello Limito bekatida poyezd relsdan chiqib ketdi. Hukumat rasmiylarining ma’lum qilishicha, 3 kishi halok bo‘lgan, 13 kishi jiddiy jarohatlangan. Bu haqda «Euronews» xabar bermoqda.
Milan politsiyasining dastlabki tekshiruvi natijalariga ko‘ra, halokatga temiryo‘lning yoki yo‘l yoritqichining nosozligi sabab bo‘lgan. Mashinist so‘roq qilingan, surishtiruv esa davom etmoqda.
Italiyaning ANSA agentligi ma’lumotiga qaraganda, mazkur poyezd Seremoniyadan Milanga kelayotgan bo‘lgan. Hozir qutqaruv ishlari yakunlangan va jarohatlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga joylashtirilgan.



Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter