MIBga ish qolmadi: javobgar uyidan tobutda chiqdi
![MIBga ish qolmadi: javobgar uyidan tobutda chiqdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/1/720_460_95_315037125.jpg)
Sud qaroriga asosan uyidan majburiy ko‘chirilishi belgilangan andijonlik X. G. (fuqarolik ishi bo‘yicha javobgar tomon) o‘ziga o‘t qo‘yib yuborgani, shuningdek, ayni holatga Majburiy ijro byurosining bayonotini e’lon qilgandik. O‘shanda tanasining 45 foizi kuyib, og‘ir tan jarohati bilan kasalxonaga tushgan shaxs vafot etdi.
Voqea sodir bo‘lgan kuniyoq holat yuzasidan Andijon tuman prokuraturasi tekshirishni boshlagandi. Tekshiruv yakunlari bo‘yicha hali ma’lumotlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter