MIB voyaga yetmagan bolani qidiryapti
Toshkentda nabirasini yashirgan bobo va buvi (er-xotin Asqarxodjayevlar) Majburiy ijro byurosining poytaxt boshqarmasi tomonidan qidirilmoqda.
Bu haqda byuroning Toshkent shahar boshqarmasi telegram-kanalida ma’lum qilingan.
Aytilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha M.Ulug‘bek tumanlararo sudining 25.11.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan er-xotin Asqarxodjayevlardan voyaga yetmagan nabirasini da’vogar F.Alimov (voyaga yetmagan bolaning otasi) tarbiyasiga olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.
Biroq ijro harakatlari haligacha yakuniga yetmadi. Sababiki, ijrochilarning tushuntirishiga qaramay javobgarlar tomonidan sud qarori ijrosiga sun’iy tushov solib kelinmoqda. Hatto sud qarorida belgilangan majburiyatni bajarmaganligi uchun ijrochi tomonida ma’muriy jarima (BHMning 5 barobari miqdorida) solinishi ham vaziyatni o‘zgartirgani yo‘q. Aksincha, vaziyat battar murakkablashdi: javobgar hamda nabirasini topib bo‘lmay qoldi. Natijada O‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunining 42-moddasiga asosan «bolaga nisbatan qidiruv» e’lon qilindi, deya qo‘shimcha izoh berdi MIB Toshkent shahar boshqarmasi matbuot xizmati.
Ayni paytda qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter