Metropolitenda yong‘in chiqqani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Metropolitenda yong‘in chiqdi» mazmunida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent metropoliteni munosabat bildirdi.
«Ushbu holat joriy yilning 17 avgust sanasida soat 00:20 lar atrofida sodir bo‘lgan.
Barchangizga ma’lumki, bu vaqtda bekat yo‘lovchilar uchun yopiq bo‘ladi va tizimli texnik hamda xo‘jalik ishlari amalga oshiriladi.
Ijtimoiy tarmoqda yong‘in, deya ta’kidlangan jarayon hech qanday yong‘in emas, balki bekatda amalga oshirilgan rejaviy xo‘jalik ishi, ya’ni metro yo‘lidagi chaqiq toshlarni tekislovchi texnik uskunadan chiqqan tutun hamda chaqiq toshlardan hosil bo‘lgan changlardir.
Bu kabi texnologik jarayonlar belgilangan jadval asosida tizimli ravishda amalga oshiriladi va uning xavfsiz amalga oshirilishi doimiy tarzda nazorat qilib boriladi», deyiladi munosabatda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter