Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksikadagi shahar bir metr qalinlikdagi muz ostida qoldi (video)

Meksikadagi shahar bir metr qalinlikdagi muz ostida qoldi (video)

Foto: «ERR»

Gvadalaxara davlat organlariga 30-iyun «g‘ayritabiiy do‘l» yoqqani haqidagi xabarlar oqib kelishni boshladi, deb yozmoqda «Kp.ru». Kun yarmiga kelib ayrim tumanlarda muz qatlami qalinligi bir metrdan oshib ketgan. Aksariyat yo‘llar qor va muz bilan qoplangan, transportlar harakati to‘xtab qolgan, ayrim mashinalarning faqat tomi ko‘rinadi, deyiladi xabarda.

Eng g‘alati jihati, «qor» yoqqan payti havo harorati 30 daraja issiq bo‘lgan. 

«Informador» axborot berishicha, kamida 457 ta uyga jiddiy shikast yetgan.

Shahar ko‘chalarini tozalashga mahalliy tashkilotlar bilan birga, fuqaro mudofaasi va harbiy kuchlar ham tashlangan.

«Bunaqa do‘l hali qayd etilmagan. Hukumat bayonot berishicha, bunaqa hodisa birinchi marotaba kuzatilishi», — dedi 14-piyodalar bataloni komandiri Serxio Lopes Lara mahalliy «El Economista» nashriga bergan intervyusida.

Xalisko shtati (Gvadalaxara shu shtat markazi) gubernatori Enrike Alfaro Ramires umrida ilk marotaba bunday tabiat hodisasini ko‘rib turganini aytdi. Siyosatchi ushbu hodisadan so‘ng global iqlim o‘zgarishlari muammolari shunchaki cho‘pchak emasligi haqida bosh qotirayotganini yashirmadi.

Ayni paytga kelib, 70 foiz hudud tozalab bo‘lingan. Jabrlanganlar haqida hozircha xabarlar yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring