Masjidda sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha ma’lumot berildi
Internet tarmog‘ida «Yunusobodda masjidlardan birida bo‘lgan holat ekan» sarlavhali video tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 26 noyabr kuni Yunusobod tumanida o‘tkazilgan juma namozi davomida imom-xatib bir yigit Islomni qabul qilib, musulmon bo‘lmoqchi ekanligini ma’lum qiladi.
So‘ng yigitga so‘z berilgan. U jamoatga rus tilida murojaat qiladi. Ko‘pchilik uning so‘zlarini to‘g‘ri tushunadi, ammo bir erkak holatga norozilik bildirishni boshlaydi. Masjiddagi ayrim kishilar uni ko‘chaga olib chiqadilar.
«Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxs – 41 yoshli A. ismli fuqaro bo‘lib, ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasida hisobda turar ekan. Keyinchalik u tibbiyot muassasasiga davolanish uchun joylashtirildi», deyiladi IIBB xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter