Mars Yerga juda yaqin keladi
«Yer shari va Mars 2003-yildan keyin shu yil 31-iyul kuni bir-biriga juda yaqin keladi», — deya xabar beradi «Sabah.com.tr» sayti.
Qizil sayyora 2018-yil 31-iyul kuni Yerga 57,6 million kilometr yaqinlashadi. Shu bois ushbu sana arafasida, ya’ni 27 — 30-iyul kunlari qizil sayyorani bemalol ko‘rsa bo‘ladi.
Mars Yerga yarim tunda juda yaqin keladi. Ufqda uni tomosha qilish mumkin.
Quyosh tizimida Yer sharidan keyin Quyoshga eng yaqin 4 ta sayyora bor. Mars Quyoshdan 230 million kilometr uzoqlikda. Yer Quyosh orbitasini 365 kunda bir marta aylanib chiqsa, Mars 687 kunda aylanib chiqadi.
Mars 2003-yili oradan 60 ming yil o‘tib Yerga yaqin kelgan edi.
Keyingi yaqinlashuv uncha ko‘p kuttirmaydi: 2020-yil 6-oktyabr kuni kuzatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter