Markaz-5 dahasidagi qurilish norozilik keltirib chiqardi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yunusobod tumani Markaz-5 dahasidagi ko‘pqavatli uylar oldidagi bolalar maydonchasi o‘rnida qurilish qilinishiga qarshi aholining faol qarshilik ko‘rsatayotgani aks etgan videolar tarqaldi.
Qayd etilishicha, bolalar maydonchasini buzish uchun aholining roziligi olinmagan. Hududdan bolalarni haydab, to‘siq bilan o‘rab olishga kirishgan mutasaddilar esa ma’lumot berishdan bosh tortishgan.
Hodisa joyiga Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va huquqni muhofaza qilish organlari vakillari yetib borgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter