Marg‘ilonda undiruvga qaratilgan «Equinox» yashirib qo‘yildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 3 avgustdagi 1987/2021-sonli ijro varaqasiga asosan javobgar K.M.dan "Kapitalbank" ATB foydasiga 167 mln. 451 ming so‘m kredit qarzi va 7 708 480 so‘m davlat bojini undirish hamda undiruvni qarzdorga tegishli "Equinox" avtomashinasi qaratish belgilangan.
Majburiy ijro byurosining Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan 5 avgustda mazkur sud hujjati ijrosi bo‘yicha ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilib, qarzdor K.M.ga 15 kun ixtiyoriy muddat belgilab berilgan.
Biroq qarzdor davlat va bank oldidagi qarzini to‘lash o‘rniga, undiruv qaratilgan avtomashinani yashirib qo‘ygan.
Marg‘ilon shahar IIB xodimlari bilan olib borilgan tezkor choralar natijasida "Equinox" qayerda ekanligi aniqlangan va qonunda belgilangan tartibda xatlanib, jarima maydoniga olib kirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter