«Malika»da yana pichoqbozlik. Uch kishiga jarohat yetkazgan bezori qidirilmoqda
Bundan bir necha kun muqaddam Toshkentdagi «Malika» savdo do‘konida pichoqbozlik yuz bergani haqida yozgan edik.
Ichki ishlar vazirligining rasmiy saytida yozilishicha, kecha, 12-iyul kuni yana shunga o‘xshash hodisa ro‘y berdi. Poytaxtning Olmazor tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan S.Akbarov «Malika» savdo majmuasining avtoturargohida o‘zaro janjal oqibatida X.S., A.A. va J.M.ga pichoq bilan jarohat yetkazib, voqea joyidan yashiringan.
Jabrlanganlar shifoxonga yetkazilgan.
Ichki ishlar vazirligi S.Akbarovni ko‘rgan, u haqida biron bir ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan u haqda ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki «102» telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishni so‘radi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter