Livanlik ayol birdaniga olti chaqaloqni dunyoga keltirdi
![Livanlik ayol birdaniga olti chaqaloqni dunyoga keltirdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/8/720_460_95_2860783138.jpg)
Livanlik ayol Bayrutning Avliyo Iosif tug‘ruqxonasida biryo‘la olti chaqaloqni dunyoga keltirdi. Livanning «An-Nahor» gazetasining yozishicha, bu voqea Livanda ilk bor ro‘y bergan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Gazetaning ma’lum qilishicha, oilada to‘rtta farzand bo‘lgan. Ular beshinchi farzandni dunyoga keltirishni niyat qilishgan. Ayol homilador bo‘lgandan keyingi tekshiruvlar natijasida ular olti nafar farzand kutayotganidan xabar topishgan.
Chaqaloqlarning uchtasi o‘g‘il, uchtasi qiz. Bolalar ham, onasi ham sog‘lom.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter