Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Layk yig‘ish» uchun tarqatilgan video jinoyat ishi ochilishiga sabab bo‘ldi

«Layk yig‘ish» uchun tarqatilgan video jinoyat ishi ochilishiga sabab bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar shaxsning begona insonning uyiga kirib, urib tan jarohati yetkazganligi aks etgan video tarqalgani va holat o‘rganilayotgani xabar qilingandi.

Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 2 noyabr kuni 1999 yilda tug‘ilgan Islom M., 2000 yilda tug‘ilgan Akmal R. va 2005 yilda tug‘ilgan Fotix K. oldindan tanishi bo‘lgan 1993 yilda tug‘ilgan Daniyel A. bilan o‘zaro og‘zaki janjallashib qolishgan.

So‘ng shu kuni taxminan soat 21.00 larda ular Shayxontohur tumanidagi Daniyel M. istiqomat qilayotgan xonadonga turar joy daxlsizlgini buzib kirib, uni urib tan jarohati yetkazishgan. Mazkur jarayonni 2005 yilda tug‘ilgan Fotix K. video tasvirga olgan, so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda layk yig‘ish maqsadida tarqatib yuborgan.

Yuqorida qayd etilgan holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi («Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish») va 142-moddasi («Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilar ushlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring