Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kushon podsholigiga oid tangalarni chetga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Kushon podsholigiga oid tangalarni chetga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Foto: Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi.

Ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi mumkin emas.

«Samarqand-Vnukovo» yo‘nalishidagi aviareys bilan xorijga ketayotgan fuqaro A.A.ning bagaj sumkasi rentgen apparati yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazdi, deya xabar bermoqda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi.

Natijada fuqaroning bagaj sumkasidan Kushonlar davriga oid 5 dona qadimiy tangalar, 3 dona tarozi kalibrovkasini o‘lchaydigan qadimiy metallar hamda 1 donadan 7,62 kalibrli gilza va otilgan o‘q qoldig‘i borligi aniqlandi.

Foto: Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring