Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koviddan tuzalganini nishonlayotgan o‘smir akvaparkda cho‘kib ketdi

Koviddan tuzalganini nishonlayotgan o‘smir akvaparkda cho‘kib ketdi

Foto: «The Sun»

Meksikaning Playa-del-Karmen shahridagi Ksenses akvaparkida koronavirusdan qutulganini ota-onasi bilan nishonlayotgan o‘spirin ochiq suv filtriga tiqilib qoldi va cho‘kib ketdi. Bu haqda «The Sun» nashri xabar bermoqda.

27-mart kuni 13 yoshli Leonardo Luna Gerrero ota-onasi va uchta aka-singillari bilan ko‘ngilochar parkka borishgan. Oila Leonardoning COVID-19 dan tuzalganini shu tarzda nishonlashga qaror qilgandi.

Yigitning oyog‘i suv filtriga tiqilib, uni suv ostiga torta boshlagan. Dastlab oila Leonardo suvga ostiga sho‘ng‘ib hazillashyapti deb o‘ylagan, ammo ko‘p o‘tmay bu o‘yin emasligi ayon bo‘lgan. Bolaning otasi, kardiolog Leonardo Migel Anxel Luna Kalvo o‘g‘lini qutqarishga bo‘lgan barcha urinishlari besamar ketdi.

O‘smirni filtrdan chiqarib olgandan so‘ng otasi unga sun’iy nafas yuborgan. Hodisa joyiga yetib kelgan shifokorlar uni shoshilinch ravishda shifoxonaga yetkazishgan. Biroq ertasi kuni yigit cho‘kish natijasida kelib chiqan o‘pkadan qon ketish oqibatida shifoxonada jon berdi.

Park ma’muriyati Gerrero o‘limidan chuqur qayg‘uda ekanligini bildirgan.

«Parkning 30 yildan ortiq faoliyati davomida bunday holat hech qachon yuz bermagandi», — deyiladi ular chop etgan xabarda.

Keyinchalik yigitning o‘limiga park xodimining xatosi sabab bo‘lgani aniqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring