Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kosonsoyda Markaziy bozor yonib ketdi

Kosonsoyda Markaziy bozor yonib ketdi

Bugun, 5-avgust kuni Namangan viloyati Kosonsoy tumanni Markaziy bozorida yong‘in sodir bo‘ldi.

Tuman FVB bergan ma’lumotga ko‘ra, yong‘in haqidagi xabar soat 07:56 da kelib tushgan. Unda tumanning A. Jomiy ko‘chasida joylashgan xususiy tadbirkorga qarashli binoda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida ma’lum qilingan.

«Kelib tushgan xabarga asosan, FVB qutqaruvchilari tomonidan voqea joyiga borib yong‘in bartaraf etildi.

Yong‘in natijasida kuyib tan jarohati olish hamda halok bo‘lish holatlari kuzatilmadi», – deyiladi tuman FVB xabarida.

Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring