Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kogonda «ulfatlar»ning o‘tirishi qotillik bilan yakun topdi

Kogonda «ulfatlar»ning o‘tirishi qotillik bilan yakun topdi

15-iyul kuni Buxoro viloyati, Kogon tumanida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan H.J.  mahalladoshi B.S. va shu mahallada tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan 1966 yilda tug‘ilgan O‘.A. lar bilan birgalikda spirtli ichimlik iste’mol qilgan. 

So‘ngra o‘rtada janjal kelib chiqqan.  H.J. sherigi O‘.A.ning tanasi turli joylariga oshxona pichog‘ini sanchib og‘ir tan jarohati yetkazgan. Natijada jabrlanuvchi O‘.A. voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan H.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 97-moddasi (qotillik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring