Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelesda ikki o‘quvchini tok urdi

Kelesda ikki o‘quvchini tok urdi

Foto: Xabar.uz

Joriy yilning 24 may kuni Keles temir yo‘l bekatida shu yilning 23 may kuni Qoraqalpog‘iston To‘rtko‘l tumanida yashovchi voyaga yetmaganlar R.S. va O.Ch. (2008 yilda tug‘ilgan) temir yo‘lda turgan yuk vagonlari ustiga chiqqan.

Shu vaqtda ularni vagon ustidan o‘tgan elektr tarmoqlarida mavjud yuqori kuchlanishdagi tok urgan. Ular Toshkent viloyati Toshkent tumani XTBga qarashli 12 va 31-o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchisi ekani aytilgan.

Ayni paytda o‘quvchilarning ahvoli yaxshi. Maktabda ular va ota-onalar ishtirokida tushuntirish ishlari olib borilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring