Vafot etgan DSI boshlig‘i o‘rinbosari ishi yuzasidan ikki kishi qamoqqa olindi
Shu yilning 10-iyun kuni Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Aziz Ahmedov Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari sababli vafot etgani xabar qilingandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on tumani IIB YHXB xodimlarining faoliyati jarayonida tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i 1-o‘rinbosarining o‘limi yuz berganligi holati yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlandi.
Jinoyat ishi doirasida 2 nafar shaxsga ayb e’lon qilinib, «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
14-sentyabr kuni jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun sudga yuborildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter