Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Katta o‘g‘il otasiga achchiq qilib otxonaga o‘t qo‘ydi

Katta o‘g‘il otasiga achchiq qilib otxonaga o‘t qo‘ydi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Qangli mahalla fuqarolar yig‘ini istiqomat qiluvchi S.A tumanning Nurafshon mahallasida yashovchi otasi A.J.ning qaroridan xafa bo‘ldi.

Qayd etilishicha, otasi Yoyilma mahallasi hududidagi otxonasi hamda u yerdagi mol-mulklarini ukasi A.S.ga bergan.

Mol-mulk noto‘g‘ri taqsimlandi, deb hisoblagan S.A. «na senga, na menga» qabilida ish tutib otxonaga benzin sepib, yoqib yuborgan. Oqibatda qiymati 102 million so‘mlik 17 bosh toy hamda bozor narxi 145 million 700 ming so‘mlik beda g‘arami hamda otxonaning tom qismi yonib ketdi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring