Katta leytenantning qotili qo‘lga olindi — IIV
Toshkent shahar Olmazor tumani IIB profilaktika inspektori katta leytenant N.Bobomurotovning hayotiga tajovuz qilib, voqea joyidan yashiringan qotil qo‘lga olindi.
IIV matbuot kotibining ma’lum qilishicha, olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida katta leytenant N.Bobomurodovning hayotiga tajovuz qilgan fuqaro B.Z. qo‘lga olinib, protsessual tartibda chora ko‘rish uchun prokuratura organlariga topshirilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi («Qasddan odam o‘ldirish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq gumonlanuvchi qidirilayotgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter