Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Katta Farg‘ona» kanalidan o‘smirning jasadi olib chiqildi (video)

«Katta Farg‘ona» kanalidan o‘smirning jasadi olib chiqildi (video)

Joriy yilning 15 may kuni «Katta Farg‘ona» kanalining cho‘milish mumkin bo‘lmagan hududida 15 yoshli o‘smir cho‘kib ketgan. Bu haqida Zamon informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrining Alisher Navoiy mavzesidan kelgan 3 nafar o‘smir «Katta Farg‘ona» kanalining O‘zbekiston tumanidan oqib o‘tgan qismida cho‘milmoqchi bo‘lishgan. Cho‘milayotgan bolalardan biri kanalning narigi qirg‘og‘iga o‘tayotgan paytda, bexosdan cho‘kib ketgan.

Tez orada voqea joyiga tuman IIBdan xabar topgan O‘zbekiston tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruv-qidiruv xodimlari yetib kelishgan.

Dastlab, tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda qidiruv ishlari olib boriladi. Ertasi kuni, ya’ni 16 may kuni Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qidiruv-qutqaruv maxsus otryadi suvda qutqaruv guruhi tomonidan mazkur joyda, ya’ni «Katta Farg‘ona» kanalining O‘zbekiston tumani, To‘lash qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi qismida, suv ostida hamda suv ustida qidiruv ishlari olib boriladi.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi 2006 yilda tug‘ilgan, 15 yashar fuqaroning jonsiz tanasi g‘avvos qutqaruvchilar tomonidan kanalning tubidan olib chiqiladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring