Kadastr agentligi bayonot bilan chiqdi
Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan foto va unga berilgan «Kadastr shunday o‘lchabdi...» mazmunidagi sharh yuzasidan Kadastr agentligi quyidagilarni ma’lum qildi.
Ayni kungacha, ushbu fotosuratdagi holat yuzasidan kadastr idoralariga murojaat kelib tushmagan va Kadastr agentligining yer va kadastr nazorati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida bu kabi qurilma aniqlanmagan.
Ushbu fotosuratdagi holat respublikamizda joylashgani to‘g‘risida xech qanday aniq ma’lumotlar mavjud emas.
Shuni ham alohida qayt etish muhimki, ko‘chmas mulk ob’yektlariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonida qurilish uchun tayyorlangan va tegishli idoralar bilan kelishilgan loyihalar asosida qurilmagan ob’yektlarga kadastr xujjatlari rasmiylashtirilmaydi, deyiladi agentlik xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter