Jizzaxlik fuqaro kabob sixi bilan odam o‘ldirdi
Mast holda bo‘lgan jizzaxlik erkak o‘zaro janjal sabab halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida 15-iyul kuni Jizzax shahrida yashovchi D.Y. Paxtakor tumani hududida joylashgan dehqon bozori ichidagi oshxonada o‘zaro janjal oqibatida mast holda bo‘lgan O.R.ning ko‘krak qismiga kabob sixi bilan urib jarohat yetkazgan. Natijada O.R. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. D.Y. esa qo‘lga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter